Jamiyat | 17:58 / 09.10.2018
23629
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda 3D multseriali ishlandi

Foto: DIP Animation

«DIP Animation» animatsion studiyasi «Milliy TV» buyurtmasi asosida «Pomidor Do‘ppi» haqida multiplikatsion serial olishni boshladi.

«Pomidor Do‘ppi» – bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli multserial bo‘lib, uning bosh qahramoni quvnoq pomidor -do‘ppidir. Avvalroq tarmoqlarda bu qahramon ishtirokidagi rolik joylashtirilgandi, u bir necha million marta ko‘rildi va O‘zbekistondagi eng taniqli multqahramonga aylandi.

Foto: DIP Animation

Pomidor – doim kulgili vaziyatlarga tushib qoladigan quvnoq va moslashuvchan qahramon. Vaziyatning g‘aroyib va hazil aralashuvi uni tanlagan yo‘lidan qaytara olmaydi. Multserial mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, tomoshabinlar uning dinozavr bilan qanday kurashishiga, kosmosga sayohat qilishiga va Samarqandning behisob xazinalarini topishiga guvoh bo‘lishadi.

Multserialning ilk mavsumi 10 qismdan iborat. U «Milliy TV» telekanali orqali efirga uzatiladi. Multserial namoyishi 2018 yilning oktabridan boshlanadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid