Sport | 17:22 / 10.10.2018
13046
2 daqiqa o‘qiladi

Mirjalol Qosimov olimpiyachilar bilan ishlamaydi, futbolchilar Ravshan Haydarov qo‘l ostida yig‘inni boshlaydi

Foto: The-uff.com

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning mart oyida Osiyo chempionati saralashida maydonga tushadi. Unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida futbolchilar 11 oktabr kuni Toshkentda yig‘inni boshlaydi.

Avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga Mirjalol Qosimov bosh murabbiy qilib tayinlangan edi. Ammo “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli olimpiyachilarni boshqara olmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda PFL xabar bermoqda.

Ayni paytda O‘FA mutasaddilari xorijdan bosh murabbiy olib kelish bo‘yicha jiddiy ish olib borishmoqda. Ungacha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Ravshan Haydarov katta murabbiy sifatida shug‘ullantirib turadi. 

Bu yig‘in davomida terma jamoaga nomzod bo‘lgan quyidagi futbolchilarni sinovdan o‘tkaziladi:

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon ("Nasaf")
Xamroyev Umidjon ("Paxtakor")
Ziyovutdinov Nizom (OKMK)
 
Himoyachilar:
Kobilov Islom ("Bunyodkor")
Alijonov Ilhom ("Nasaf")
G‘ofurov Husniddin ("Neftchi")
Alikulov Husniddin ("Mash'al")
Nasrullayev Sherzod ("Nasaf")
Saitov Dilshod ("Nasaf")
Sattorov Xudoyshukur ("Metallurg")
Rustamov Oybek ("Qo‘qon-1912")
 
Yarimhimoyachilar:
Abdullayev Abdulla ("Bunyodkor")
Muxitdinov Sharof ("Nasaf")
Ismoilov Abrorbek ("Neftchi")
Urunov Oston ("Navbahor")
Umirov Davron ("Bunyodkor")
Nurulloyev Suxrob ("Metallurg")
To‘xtasinov Nurillo ("So‘g‘diyona")
Qodirqulov Sanjar ("Bunyodkor")
Ikromov Farrux ("Bunyodkor")
Rashidxonov Islom ("Nasaf")
 
Hujumchilar:
Abdixoliqov Bobir ("Nasaf")
Amonov Azizbek ("Lokomotiv")
Mirahmadov Mirjahon ("Bunyodkor")

Mavzuga oid