Branson ishi. AQSh Turkiyaga oid bayonot berdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiya rasmiylarini barcha qo‘lga olingan amerikalik fuqarolarni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda u amerikalik pastor Endryu Bransonning ozodlikka chiqarilishi fonida tvitterda yozgan.
«Pastor Branson nihoyat og‘ir sinovlardan so‘ng Amerikadagi uyiga qaytadi... Umid qilamizki, Turkiya hukumati boshqa amerikalik fuqarolar va Davlat departamentining mahalliy xodimlarini ham tez orada ozod qiladi», - deb yozgan Pompeo.
Avvalroq, pastor sud qaroriga ko‘ra ozodlikka chiqarildi, u Qo‘shma Shtatlarga uchib ketdi. Shu bilan birga, matbuotda yozilishicha, Vashington va Anqara maxfiy kelishuvga erishgan, unda AQShning Turkiyaga bilan iqtisodiy bosimni yumshatishi nazarda tutiladi.
Turkiya, Endryu Bransonni josuslik va terrorizmda ayblagan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024