Tramp: Branson ozod etilgach AQSh va Turkiya ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Turkiya amerikalik pastor Endryu Bransonning hibsdan ozod etilganidan so‘ng ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Branson bilan Oq uyning Ovalsimon kabinetida uchrashganida aytib o‘tgan.
“Biz endi Turkiyaga butunlay boshqacha munosabatdamiz”, — dedi u. “O‘ylashimcha, Turkiyaga aslida bundan ham yaqinroq bo‘lish uchun imkoniyatimiz bor. Endi bizning munosabatlarimiz juda va juda yaxshi bo‘lishi mumkin”, — deya ta'kidlagan Tramp.
“Biz bu xalqni bilamiz, pastor aytganidek, ular ajoyib xalq va o‘ylashimcha, Turkiya bilan aslida ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun bizda imkoniyatlar bor, men chindan ham bunga umid qilmoqdaman”, — deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Branson bilan uchrashuvi chog‘ida Tramp bir necha marta amerikalik pastor ozod etilgani uchun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan minnatdor ekanligini alohida qayd etdi. “Turkiya uchun ham bu oson vaziyat emas, ularda ayni paytda ko‘plab murakkab jarayonlar yuz bermoqda, men prezident Ero‘g‘anga buni imkonli qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman, va siz nimani nazarda tutayotganimni tushunib turibsiz. Bu oson ish emasdi, u uchun ham oson vazifa emasdi”, — degan Tramp.
Tramp amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod etish evaziga Turkiya hokimiyati bilan biror bir kelishuv bo‘lmaganini alohida qayd etib o‘tdi. “Biz uzoq va murakkab muzokara jarayonlarini o‘tkazdik, lekin bu mamlakatga biz tovon puli to‘lamaymiz. Nima bo‘lganda ham, ayni shu vaziyat uchun”, — degan AQSh prezidenti.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024