AQSh elchixonasi xatolik tufayli Avstraliya rasmiy shaxslariga mushuk suratini yubordi
AQSh elchixonasi Avstraliyaning rasmiy shaxslariga noto‘g‘ri maktub jo‘natgani uchun uzr so‘radi. Gap shundaki, mansabdor shaxslarga ziyofatga tashrif buyurish taklifi bildirilgan va “Sezam ko‘chasi” multfilmidagi qahramonning pijamasida bo‘lgan mushuk surati ilova qilingan elektron maktub jo‘natilgan. “Bu pochta interfeysini tekshirgan yangi xodimlarimiz xatosi tufayli yuz berdi”, deb aytilgan AQSh elchixonasi bayonotida.
Aniqlanishicha, elchixonaning yangi xodimi maktublarni yuborish tizimini sinovdan o‘tkazayotib, tasodifan real foydalanuvchilarga hazilomuz taklifni jo‘natib yuborgan. Elchixona bu xatolik uchun uzr so‘rab, “pijamadagi mushuklar bilan ziyofat qilmoqchi bo‘lganlarni ranjitganidan afsusdaligini” aytgan.
Mavzuga oid
23:17 / 10.09.2024
Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
21:09 / 02.09.2024
Avstraliyadagi bog‘da yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi
18:42 / 27.08.2024
Avstraliya xalqaro talabalarni qabul qilishga cheklov kiritadi
19:59 / 26.08.2024