O‘zbekiston | 16:01 / 15.10.2018
128279
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma'lum bo‘ldi

2018 yilning yanvar-sentabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1961 kishini, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 14195 kishini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinishga ega: Qozog‘iston - 31%, Tojikiston - 28,3 va Rossiya - 25,3%. Shuningdek, Turkmaniston - 3,7%, Qirg‘iziston - 2,4%. Yana 9,3% - boshqa mamlakatlar.

O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning taqsimlanishi esa shunday aks etdi: Qozog‘iston - 48,1%, Rossiya - 46%, AQSh - 1,3%. Undan keyingi pog‘onalarni Isroil - 0,7%, Qirg‘iziston - 0,5% bilan joy oldi. Yana 3,4% boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9 oyda 14 ming kishi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan ko‘chib ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid