Sport | 22:35 / 15.10.2018
8963
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zil - so‘nggi o‘n yillikning rekordchisi

«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil Yevropaning top-5 ligalaridagi eng kreativ futbolchidir. 

30 yoshli futbolchi 2006 yildan beri hisoblaganda eng ko‘p golli vaziyatni yaratgan - 1033ta. Bunda Mesutning «Shalke», «Verder» va «Real» klubida o‘ynagan vaqti ham hisobga olingan.

OptaFranz ma'lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Marsel» klubi yarimhimoyachisi Dimitri Payyet (1016), uchinchi o‘rinni «Chelsi» yarimhimoyachisi Sesk Fabregas (933) egallagan.

Mavzuga oid