Bill Geyts Microsoft hamasoschisining o‘limi tufayli bayonot berdi
Microsoft asoschisi Bill Geyts IT-shirkat hamasoschisi Pol Allenning o‘limi munosabati bilan bayonot berdi. Geytsning rasmiy izohi ABC News telekanali tomonidan e'lon qilindi.
Geytsning ma'lum qilishicha, Allen uning eng yaxshi do‘stlaridan biri bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, Allenning o‘limi haqidagi xabar uning «yuragini sindirdi».
«Pol haqiqiy sherik va do‘st edi. Bu bizning Lakeside maktabidagi ilk kunlarimizdan to Microsoft tashkil etilgunga qadar hamkorligimizga qadar kuzatildi», - deyiladi Geytsning bayonotida.
Shuningdek, uning ishonch bildirishicha, Allenning texnologiyalar va xayriya ishlariga qo‘shgan hissasi yana ko‘p yillar davomida yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft korporatsiyasining hamasoschisi Pol Allen 65 yoshida vafot etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:38 / 18.09.2024
Microsoft ijtimoiy tarmoqlarda Kamala Harrisni qoralashga qaratilgan «Kreml botlari» faollashganini aniqladi
12:47 / 24.07.2024
“Bizda litsenziyali dastur ishlatadiganlar kam” - Windows'dagi uzilish nega O‘zbekistonni chetlab o‘tdi?
15:00 / 23.07.2024
Microsoft’dagi global uzilishdan so‘ng vaziyat normal holatga qaytdi
11:48 / 22.07.2024