Sport | 12:12 / 16.10.2018
12105
2 daqiqa o‘qiladi

Taniqli yakkakurash jangchisi Kokorin va Mamayevga qamoqda o‘zini tutish bo‘yicha maslahatlar berdi 

Foto: RIA Novosti

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko Sport24 nashriga bergan intervyusida Moskva markazida ikkita mushtlashuvni sodir etgani uchun hibsga olingan futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevga tergov izolyatorida o‘zini tutish bo‘yicha bir nechta maslahat berdi.
 
O‘zi ham bir vaqtlar qamoqda o‘tirgan Yemelyanenko futbolchilarga avvalgi xatolarni qaytarmaslik, tuzalish va ko‘proq kitob o‘qishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u qo‘l ostida narsalardan futbol to‘pi tayyorlash yo‘li bilan bo‘lishgan.

“Agar to‘p kerak bo‘lsa, ular uni nonni yopishtirib, paypoqlardan to‘qilgan g‘ilof ichiga solib tayyorlashlari, sayrga chiqqanda esa u bilan mashq qilishlari mumkin. Biri darvozada turadi, boshqasi zarba berishni mashq qiladi”, deb aytgan yakkakurashchi.

Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill va Pavel Mamayev uch kishini urgani uchun 8 dekabrgacha hibsga olingan. Hozirda ular “Butirka” tergov izolyatorida saqlanmoqdalar. 

Mavzuga oid