O‘zbekiston termasining Qatarga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibi e'lon qilindi
Bugun, 16 oktabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi «Milliy» stadionida Qatar termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin soat 19:00da boshlanadi.
Ayni paytga kelib mezbonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper tanlagan boshlang‘ich tarkib ma'lum bo‘ldi.
Kuper 12 oktabr kuni KXDRga qarshi kechgan o‘yindagi asosiy tarkibdan bu safar faqat 4 futbolchini qoldirgan, ular – Ahmedov, Shomurodov, Ismoilov, Krimets. Bugungi o‘yin start-listiga kirgan yana 4 nafar o‘yinchi (Hamrobekov, Sidiqov, G‘ofurov, Aliboyev) 4 kun oldingi bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
16 oktabr. Toshkent, «Milliy» stadioni
O‘zbekiston - Qatar
O‘zbekiston: 30. O‘tkir Yusupov, 2. Akmal Shorahmedov, 5. Anzur Ismoilov, 6. Husniddin G‘ofurov, 8. Ikrom Aliboyev, 9. Odil Ahmedov, 13. Oleg Zoteyev, 14. Ilhom Shomurodov, 15. Odil Hamrobekov, 22. Javohir Sidiqov, 31. Yegor Krimets.
Hakamlar: Chorimurod Qurbonov, Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiyev (barchasi - Turkmaniston)
To‘rtinchi hakam: Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)
Mavzuga oid
04:42 / 10.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi
22:31 / 14.06.2022
O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma oldi
15:06 / 14.06.2022
O‘zbekiston–Iroq o‘yinidagi tartibsizlik uchun 19 kishi javobgarlikka tortildi
22:48 / 08.06.2022