Jahon | 07:26 / 17.10.2018
16714
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘zi uchun eng katta xavf nimaligini aytdi

Foto: REUTERS / Leah Millis

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi tomonidan tayanch foiz stavkasini oshirish siyosatini o‘zining prezident lavozimidagi muvaffaqiyatlari uchun eng katta xavf deb hisoblashini aytdi. Bu haqda u Fox Business nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Trampning ta'kidlashicha, FZT foiz stavkasini juda tez oshirayotgani sababli bosh xavf hisoblanadi. U AQShda markaziy bank vazifalarini bajaruvchi FZT mustaqil tizim hisoblanishini va shu sababli unga ta'sir qilish dastaklariga ega emasligidan afsus bildirgan.

Shu bilan birga Tramp bunda boshqalarni ayblay olmasligini, chunki u FZTdagi rahbarlarni o‘zi tayinlagani va ulardan ba'zilaridan hafsalasi pir bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.

Tramp foiz stavkasi iqtisodiy o‘sishga ziyon yetkazishi mumkinligi sababli FZTni bir necha bor tanqid qilgan. FZT sentabrda foiz stavkasini navbatdagi marta 0,25 foizga, yillik 1,75-2 foizdan 2-2,25 foizgacha ko‘tardi va monetar siyosatni sekin-asta yanada qat'iylashtirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, FZT hozircha o‘zining ikki bosh vazifasi: inflyatsiyani ushlab turish va bandlikni qo‘llab-quvvatlashni bajara olmoqda.   

Hozirda AQShda inflyatsiya 2 foizni, bandsizlik esa 3,7 foizni (yarim asr ichidagi eng past ko‘rsatkich) tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid