O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi. Bundan Markaziy bankning respublika oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumoti darak bermoqda.
Qayd etilishicha, oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 26,4 mlrd dollarni tashkil etdi (sentabrda 26,8 mlrd dollar edi). Ulardan xorijiy valyutadagi aktivlar - 12,4 mlrd dollar (bir oy avval 12,9 mlrd dollar bo‘lgan), monetar oltin - 13,9 mlrd dollar (sentabrda 13,9 mlrd dollar bo‘lgan).
Sof oltin-valyuta zaxiralari 25,4 mlrd dollarni tashkil etdi (bir oy avval 25,9 mlrd dollar bo‘lgan).
Markaziy bank izohiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1183,50 doll/tr. untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 1123,2 mln dollar).
Joriy yilning sentabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1206,85 dan 1183,50 doll/tr. untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 269,8 mln dollar).
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari keskin kamaygandi.
Mavzuga oid
16:02 / 11.05.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
12:11 / 02.08.2023
Yerning bir yillik tabiiy resurslari shartli zaxirasi 7 oyda tugadi
10:17 / 25.07.2023
Rossiyada zaxirada bo‘lish uchun yosh chegarasi 5 yilga oshirildi
14:56 / 17.03.2023