O‘zbekiston | 17:47 / 17.10.2018
5360
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kutubxonalar assotsiatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistondagi 20ta turli vazirlik va idoralarga qarashli 12 mingdan ziyod kutubxonalarning ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga metodik yordam ko‘rsatish va xalqaro tajribani joriy etish maqsadida O‘zbekiston kutubxonalari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar qildi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari etib axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta'minlash uchun qonunosti hujjatlari ishlab chiqish, taklif va tavsiyalar kiritish, kutubxonachilik ishini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish hamda ularni xolis ekspertizadan o‘tkazish, istiqbolli rejalari va dasturlarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish, muhokama natijalarining oshkoraligini ta'minlash, kutubxonachilik ishi va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kutubxonachilik ishining barcha sohalari va kutubxona jarayonlariga aloqador axborot texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, ularni muvofiqlashtirib borishni  qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish kabilar belgilandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev ham ishtirok etdi. Unda tashkiliy masalalar ham ko‘rildi. Agentlik tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona direktori Alisher Abduazizov assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Mavzuga oid