O‘zbekiston | 23:23 / 18.10.2018
11093
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zikkilamchiranglimetall» AJning davlat ulushi xorij kompaniyasiga topshirildi

“O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining («O‘zikkilamchiranglimetall» AJ) davlat ulushi ishonchli asoslarda «SFI management group» MChJ xorijiy kompaniyasiga topshirildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 sentyabrdagi qaroriga asosan amalga oshirildi.

Shuningdek, korxona bosh direktori Farhod Abdullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Konstantin Akulov «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

«O‘zikkilamchiranglimetall» AJ Markaziy Osiyodagi rangli metallarni ikkilamchi qayta ishlash bo‘yicha yagona ixtisoslashtirilgan korxona bo‘lib, u respublikaning barcha iqtisodiyot tarmoqlariga sifatli rangli metallarni yetkazib beradi.

Mavzuga oid