AQSh aviatashuvchi kemasi 1991 yildan beri birinchi marta Arktikaga kirdi
AQSh harbiy-dengiz flotining atom aviatashuvchi kemasi “Garri Trumen” 1991 yildan beri birinchi marta Shimoliy qutb aylanasini kesib o‘tib, Arktikaga kirgan AQSh aviatashuvchi kemasi bo‘ldi.
Kemaga 8-aviatashuvchi zarbkor guruh kemalari hamkorlik qilmoqda. Kema Norvegiyada o‘tadigan Trident Juncture mashg‘ulotlarida ishtirok etishga yo‘nalgan. Harbiy mashg‘ulotlarda 31 ta davlatdan (NATOning 29 davlati, Finlyandiya va Shvetsiya) 50 mingga yaqin harbiy, 100 dan ko‘proq uchar qurilma, o‘nlab kema ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar 25 oktabrdan 7 noyabrgacha davom etadi.
Avvalroq amerikalik general AQSh kemasi Norvegiyada “Rossiyaga NATOning salohiyatini ko‘rsatib qo‘yishini” aytgan.
AQSh aviatashuvchi kemalaridan oxirgi marta Arktikaga kirgani “Amerika” kemasi bo‘lib, bu 1991 yil sentabrda yuz bergan. Kema ham qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024