Sport | 09:19 / 19.10.2018
25334
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedovning otasi Makgregorni kechirdi va uni Dog‘istonga taklif qildi

Foto: RIA Novosti

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregorni Dog‘istondagi professional jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionatiga taklif qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

Makgregor Las Vegasdagi UFC 229 turnirida Habibning raqibiga aylandi, unda rossiyalik bo‘g‘ish usulini qo‘llagan holda g‘alaba qozondi. Jangdan oldin Konor Habib va uning otasi haqida bir necha bor haqoratli bayonotlar berdi, jangdan keyin esa jangchilar jamoalari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.

Abdulmannop Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, o‘g‘lining raqibini kechirdi va uni 15 dekabr kuni Kaspiyskda o‘tkaziladigan turnirga taklif qildi.

«Men hammasini kechiraman, rahm-shafqatli bo‘lish kerak», - dedi Abdulmannop Nurmagomedov o‘z videomurojaatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer Nurmagomedov bilan jang uchun juda katta pul olmoqchi ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid