O‘zbekiston | 07:19 / 21.10.2018
40745
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. 

“Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktabr kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida 20 ta hujjat imzolandi”, deyiladi xabarda.  

Davlat rahbarlari norasmiy uchrashuv ham o‘tkazdi.

“Prezident Vladimir Putin Rossiyaga jo‘nab ketdi. Uni prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi”, deyiladi prezident matbuot xizmati tomonidan.

Mavzuga oid