Sport | 12:51 / 23.10.2018
30278
1 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov, Zidan va Saloh eng mashhur musulmonlar ro‘yxatiga kirdi

Ammandagi strategik tadqiqotlar qirollik islom markazi tomonidan dunyodagi eng nufuzli musulmonlar ro‘yxati tuzildi. Unda sportchilar nomi ham qayd etilgan.

Xususan, dog‘istonlik jangchi Habib Nurmagomedov 76 nafar nufuzli siyosatchi, diniy arbob, madaniyat va san'at vakillari bo‘lgan alohida uch guruhning biriga kiritildi. Nurmagomedov bilan birga «Liverpul»ning misrlik forvardi Muhammad Saloh hamda britaniyalik yengil atletikachi Mo Fara qayd etilgan.

Bundan tashqari, sport yo‘nalishida Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil, Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan, shuningdek, «Manchester Yunayted» Pol Pogba ham bor.

Mavzuga oid