Samsung’ning yangi smartfoni haqidagi ma'lumotlar oshkor bo‘ldi
Internetda Samsung’ning yangi Galaxy S10 smartfoni haqida ba'zi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, smartfon 6,4 dyuymli va 1440×2960 pikselli ekran bilan jihozlanadi. Gadjyet Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi.
Smartfon 6 Gb tezkor xotira va 128 Gb ichki xotira bilan ta'minlanishi haqida ma'lumot bor. Yangi smartfon bu ko‘rsatkichlarga ko‘ra o‘tgan yilda chiqqan Galaxy Note9’niki bilan bir xil.
Suratlarga ko‘ra, Galaxy S10 smartfoni 12 va 16 Mpli qo‘sh kamera bilan jihozlanadi. Old kamera ham qo‘sh kameradan iborat bo‘ladi.
Kompaniyaning avvalgi qurilmalari mart-aprelda taqdim qilingan. Shu sababli yangi smartfon boshqa muddatlarda taqdim qilinishini kutishga asos yo‘q.
Mavzuga oid
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024
AI televizorlar haqida tasavvurni o‘zgartirib yuboruvchi innovatsiyalarda muhim burilish
16:40 / 08.06.2024