Dilorom Toshmuhammedova endi senatorlikka saylandi
27 oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Adolat» sotsial demokratik partiyasi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Shahar va tuman deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan qo‘shma majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zoligiga bo‘sh bo‘lgan o‘ringa Toshkent shahridan vakil saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova endi Oliy Majlis Senati a'zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dilorom G‘ofurjonovna Toshmuhammedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor etib tayinlagani, so‘ngra Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga saylangani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
17:44 / 20.09.2024
«Haddini bilmaganlarni mehmon deyolmaymiz» – O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi
23:26 / 25.06.2024
2024 yilning 5 oyi davomida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi - Senat
22:58 / 25.06.2024