Light | 00:15 / 30.10.2018
44436
1 daqiqa o‘qiladi

Uyquda organizmdagi yog‘ni eritishga yordam beruvchi mahsulot ma'lum qilindi 

Uyqudan oldin tvorog iste'mol qilinishi nafaqat vaznning oshmasligiga olib keladi, balki organizmdagi yog‘lar miqdorini kamaytirishga yordam berar ekan. Bundan British Journal of Nutrition nashrida chop etilgan ma'lumotlar darak bermoqda.

Florida universiteti olimlari tajriba o‘tkazishib, unda 20 yoshdan katta ishtirokchilar uyqudan 30-60 daqiqa oldin bir porsiya tvorog iste'mol qilishgan. Aniqlanishicha, ushbu sut mahsuloti mushaklar holatiga yaxshi ta'sir ko‘rsatar ekan, moddalar almashinuvini yaxshilab, sog‘liqning umumiy holatini yaxshilar ekan.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu tvorogdagi kazein moddasi evaziga yuz beradi. Organizmga sekin-asta singuvchi ushbu modda aminokislotalarning barqaror yetkazilishini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. U, shuningdek, oziq-ovqatning termik effektini oshiradi – organizm hazm qilish jarayonida ko‘proq energiya sarflaydi, bu esa uyquda ham kaloriyalarni yo‘qotishda yordam beradi.

Mavzuga oid