Jahon | 14:30 / 31.10.2018
5541
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya, Eron va Xitoy targ‘iboti bilan kurashga 40 mln dollar ajratdi

Foto: J. Scott Applewhite, File/AP

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibining o‘rinbosari Robert Palladino so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari xorijiy davlatlar tomonidan tarqatiluvchi yolg‘on axborot va targ‘ibotga qarshi kurashish bo‘yicha Global o‘zaro munosabatlar markazi faoliyatiga 40 million dollar ajratdi. Bu haqda Davlat departamenti saytida xabar berilgan.

«Ushbu moliyalashtirish Rossiya, Eron va Xitoyning yolg‘on xabarlari hamda xorijiy auditoriyaga qaratilgan targ‘ibotiga qarshi turish uchun turli sa'y-harakatlarda ko‘mak ko‘rsatadi», - dedi Palladino.

Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz xodimlari chet eldan yolg‘on ma'lumotlar haqida erta ogohlantirish texnologiyasidan foydalanishadi, targ‘ibotga eng ta'sirli bo‘lgan auditoriyani tahlil qilishadi, ijtimoiy tarmoqlardagi yetakchi tashkilotlar bilan tegishli kontent yaratish maqsadida hamkorlikni rivojlantirishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy fuqarolarini josuslikda ayblagandi.

Mavzuga oid