Toshkentdagi oilada ro‘y bergan fojiaga katta ehtimol bilan is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan
Toshkentning Chilonzor tumani, Gavhar MFY, Dilxush ko‘chasida istiqomat qilib kelgan oilaning 4 farzandi vafot etishiga nima sabab bo‘lganiga doir dastlabki xulosalar ma'lum qilindi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliyevning bildirishicha, bu fojiaga zaharlanish sabab bo‘lgan, biroq marhumlar taomdan emas, balki katta ehtimol bilan is gazidan zaharlanishgan. Bu haqda voqea joyida bo‘lib qaytgan KUN.UZ muxbiri xabar qilmoqda.
Muxbir mazkur musibat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotgan mutasaddilar bilan suhbatlashgan. Xususan, Chilonzor tuman prokuraturasi mulozimi mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilayotgani, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma'lumot berdi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari chiqmasdan turib, marhumlarning o‘limiga nima sabab bo‘lgani borasida aniq fikr bildirib bo‘lmaydi.
Mavzuga doir:
Huquq-tartibot idoralari xodimiga ko‘ra, mazkur fojiada is gazidan zaharlanish taxmini tasdiqlansa, O‘zR JKning 259-moddasi, ya'ni “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish” bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin.
Ta'kidlash o‘rinliki, hozircha, marhumlarning vafotiga nima sabab bo‘lganiga doir aniq xulosa mavjud emas. Sud-tibbiy ekspertiza natijalari e'lon qilinganidan so‘ng, bu borada aniq fikr bildirish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
20:44 / 06.11.2024