Golden Foot sovrini Edinson Kavaniga topshirildi
Urugvay terma jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Edinson Kavani Golden Foot mukofotining 2018 yilgi laureati deb topildi. U ushbu e'tirof uchun raqobatda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Luis Suares kabi hamkasblarini ortda qoldirgan.
Golden Foot («Oltin oyoq») sovrini futboldagi yutuqlari va shaxsiy fazilatlari uchun 28 yoshdan oshgan o‘yinchilarga topshiriladi. Har yili xalqaro jurnalistlar tomonidan tanlab olingan 10 nafar nomzod internetda ovozga qo‘yiladi va g‘olib shu asosda aniqlanadi. Mukofot sohibi Monakodagi The Champions Promenade`da oyoq izlarini qoldiradi.
2003 yildan boshlab topshirib kelinayotgan ushbu sovringa so‘nggi o‘n yilda Ronaldino, Franchesko Totti, Rayan Giggz, Zlatan Ibrahimovich, Dide Drogba, Andres Inesta, Samuel Eto`O, Janluiji Buffon va Iker Kasilya kabi o‘yinchilar loyiq ko‘rilgan.
Ta'kidlash joiz, Kavani Golden Foot mukofotini qo‘lga kiritgan ilk urugvaylik futbolchiga aylandi.
Mavzuga oid
23:59 / 29.07.2023
Kavani – «Boka Xuniors» futbolchisi
12:53 / 06.10.2020
«MYu», «Arsenal» va «Bavariya» faol, «Barselona» yangi futbolchi olmadi. So‘nggi kundagi asosiy transferlar
15:45 / 05.10.2020
Yevropada transferlarning so‘nggi kuni. Kim qayerga o‘tishi kutilmoqda?
17:10 / 04.10.2020