Arab koalitsiyasi Yamandagi aviabazaga hujum qildi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman hukumat qo‘shinlarining harbiy bazasi obektlariga 30dan ortiq zarbalar berdi. Bu haqda Al-Ekhbaria telekanali koalitsiya vakiliga asosan xabar qilmoqda.
Harbiylar vakilining ta'kidlashicha, aviazarbalardan maqsad ballistik raketalar, ularni uchish moslamalari va uchuvchisiz uchar qurilmalar bo‘lgan. Uning qayd etishicha, bazaga juda yaqin masofada joylashgan Sana xalqaro aeroporti aviazarba paytida zarar ko‘rmagan va o‘z faoliyatini oddiy rejimda davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh Yamandagi urushni tugatish niyatida ekanini xabar bergandi.
New York Magazine’ning yozishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamandagi urushga butunlay yakun yasash niyatida. Xususan, bu hafta AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yamandagi urushni tugatishga chaqirishdi. AQSh mudofaa mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «tinch jarayonga nafaqat yaqin kelajakda harakatlanish kerak», balki Vashington buni yaqin «30 kun ichida» qilishi kerak, deyiladi materialda.
Nashrning ta'kidlashicha, bu Yamanda uch yil muqaddam urush boshlanganidan beri u haqdagi eng qat'iy bayonotdir. Ushbu qadamlar BMT tomonidan «dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz», deb ataluvchi Yamandagi urushni tugatishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan turtkining bir qismidir, deb yozadi NY Mag.
Mavzuga oid
11:20
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024
Isroil Yamanga zarba berdi, qurbonlar bor
23:45 / 03.05.2024