Jahon | 00:44 / 06.11.2018
25564
2 daqiqa o‘qiladi

16 yoshli hindistonlik dunyoning istagan universitetida o‘qish imkonini beruvchi grantni qo‘lga kiritdi

Har yili 13-18 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Breakthrough Junior Challenge tanlovining bu safargi g‘olibi 16 yoshli Samey Godik bo‘ldi. U Bostonda tug‘ilgan, lekin keyinchalik oilasi bilan vatani Hindistonga qaytgan. 

Samey dunyoning istagan universitetida ta'lim olish uchun 250 ming dollar miqdoridagi stipendiyani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning o‘qituvchisi ham 50 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, u ta'lim olgan maktab zamonaviy ilmiy laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming dollarga ega bo‘ladi. 

Sameyning tanlov videosi organizmning sutka davomida o‘zgaruvchi sirkad ritmlariga bag‘ishlangan. Godik oilasining ba'zi a'zolari Parkinson kasalligidan aziyat chekadi, shu sababli Samey sirkad ritmlari va davolash samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga qiziqadi. 

Breakthrough Junior Challenge tanlovi fundamental bilimlarga doir ijodiy fikrlashni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Ikki bosqichdan keyin hakamlar hay'ati ko‘p sonli ishtirokchilar orasidan 29 nafar yarim finalchini tanlab oldi va oxir-oqibat Samey Godik g‘alaba qozondi. 

Junior Challenge yosh olimlarning bilimlarini namoyish qilishga yo‘naltirilgan global tashabbusdir. U keng jamoatchilik e'tiborini fundamental bilimlarga qaratishni maqsad qilgan. 

Mavzuga oid