Sport | 20:30 / 06.11.2018
11722
2 daqiqa o‘qiladi

Ikardi va Messining munosabatlari qandayligi aytildi

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara erining «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan munosabatlari yomonligini inkor qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi 2008-2011 yillarda kataloniyaliklarning yoshlar jamoasida o‘ynagan edi.

Avvalroq, aynan Messi futbolchi bilan ziddiyatga borganidan so‘ng, uning Argentina terma jamoasiga chaqirilishiga qarshilik qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
 
«Ular birgalikda katta bo‘lgan, bir klubda o‘ynagan. Mauro Messi bilan birga to‘p tepgani haqida ajoyib xotiralarga ega. Ular bugun ham do‘stlik rishtalarini uzmagan. Barselonaga borganimizda, fursatdan foydalanib, eski do‘stlarni ziyorat qilamiz», — deb Nara so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Bugun, 6 noyabr kuni tunda Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida «Inter» - «Barselona» o‘yini o‘tkaziladi. Ikardi mezbonlarning asosiy tarkibida tushishi mumkin, Messi jarohati tufayli bahsda ishtirok etolmaydi.

Mavzuga oid