OAV: Ribolovlev bilan birga Monako sud tizimining sobiq mansabdorlari ham hibsga olingan
Rossiyalik biznesmen Ribolovlev bilan birga Monako sud tizimining sobiq mansabdorlari ham hibsga olingan, deb xabar berdi Monaco-Matin gazetasi sayti.
"Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiya keng miqyosga ega. Knyazlik sud tizimining sobiq vakillari, eng yuqori mansabdorlarigacha hibsga olingan", deb yozadi gazeta. Nashrning bildirishicha, ular Monako va Nitstsada hibsda saqlanmoqda.
Monaco-Matin gazetasi shuningdek, Ribolovlev knyazlik sud politsiyasi binosida saqlanayotganini xabar qildi.
Avvalroq Le Monde nashri rossiyalik milliarder va “Monako” futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev korrupsiya bilan bog‘liq ish doirasida tergov qilish uchun hibsga olinganini xabar qilgandi. Uning Monte-Karlodagi uyida tintuv o‘tkazilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, biznesmen Chempionlar ligasining “Monako” va “Bryugge” o‘yini oldidan hibsga olingan.
nrc.nl golland nashri Football Leaks platformasidagi ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda AIM golland kompaniyasi rahbari Bernard de Roos Ribolovlev bilan klubga fair play qoidalarini chetlagan holda pul sarmoya qilishda yordam beruvchi kelishuvni tuzganini ma'lum qilgan.
Shartnoma 2014 yilda tuzilgan. De Roos “Monako”ga 10 yil davomida 1,4 mlrd yevro keltirishga, ya'ni daromadni 10 barobar ko‘paytirishga va'da bergan.
Ribolovlev fransuz klubining nazorat paketini 2011 yilda sotib olgan. Ikki yarim yil ichida u klubga 325 mln yevro sarmoya qilgan. nrc.nl’ning yozishicha, UYeFA oldin ham klubning moliyalashtirilishi manbalarini shubhali deb hisoblagan.
Biznesmen Forbes nashriga ko‘ra, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 18-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 6,8 mlrd dollar deb baholanadi.
Mavzuga oid
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
13:57 / 03.08.2023
«Arsenal» «Monako»ni yengib Amirliklar kubogini qo‘lga kiritdi
18:06 / 03.07.2020
Koronavirus sababli Monakodagi eng yirik yaxtalar ko‘rgazmasi bekor qilindi
14:50 / 30.03.2020