Jurnalistlar o‘ldirilishini o‘rganishga doir katta ma'lumotlar bazasi yaratilishi ma'lum qilindi
BMTning ta'lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNeSKO) butun dunyo bo‘ylab jurnalistlar o‘ldirilishini o‘rganuvchi keng ko‘lamli xalqaro onlayn-baza yaratilgani haqida ma'lum qildi.
Tashkilotda ta'kidlanishicha, ma'lumotlar bazasi 2 noyabrdan YuNeSKO shafeligi ostida ish boshlagan Jurnalistlar o‘ldirilishi bo‘yicha monitoring markazi tarkibida ishlaydi. Ma'lumotlar bazasiga 1993 yildan buyon YuNeSKOda ro‘yxatdan o‘tgan har bir jurnalist yoki OAV xodimi o‘ldirilishi holatining sud tergov ishi bilan bog‘liq ma'lumotlar kiritiladi. Bu ma'lumotlar jinoyat ro‘y bergan mamlakatlar tomonidan taqdim etiladi.
YuNeSKO ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda har to‘rt kunda bir jurnalist yoki OAV xodimi o‘ldiriladi. Bu o‘lim holatlari ko‘p jurnalistlarning professional burchini bajarish davomida jiddiy xavfga duch kelishlarining fojiaviy dalilidir. Tashkilotning so‘nggi statistik ma'lumotlari ko‘rsatishicha, 89 foiz holatlarda jinoyatchilar jazosiz qolgan.
YuNeSKO shafeligida faoliyat boshlagan markaz ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon dunyoda 80 dan ziyod OAV xodimi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
16:46 / 26.08.2024
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
07:45 / 07.08.2024
Bloomberg Gershkovich haqidagi materialdan keyin muxbirni ishdan bo‘shatdi
14:45 / 18.07.2024
Rosstat birinchi marta tashqi sabablardan o‘lim haqidagi ma’lumotlarni yashirdi
23:13 / 17.07.2024