Sport | 10:10 / 08.11.2018
11509
3 daqiqa o‘qiladi

Futbol, korrupsiya va qimmatbaho kartinalar: Ribolovlev ishi haqida nimalar ma'lum?

Foto AFP

Le Monde nashrining yozishicha, rossiyalik milliarder va «Monako» futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev knyazlik prokuraturasi talabi bilan hibsga olindi. U «korrupsiya» va «ta'sirni sotish» kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Xo‘sh, Monakoda o‘zi nimalar bo‘lmoqda ?

Dmitriy Ribolovlev kim?

Dmitriy Ribolovlev — rossiyalik yirik biznesmen, 2012 yildan buyon Kipr fuqarosi.

U boyligiga (6,8 mlrd dollar) 1990-yillarda xususiylashtirish jarayonida erishgan – Ribolovlevga tegishli kompaniya aholidan ommaviy ravishda vaucher sotib olgan.

«Uralkaliy» kompaniyasining, keyinroq Kipr bankining yirik aksiyadori bo‘lgan.

2011 yil dekabrda «Monako» futbol klubini sotib olgan.

Ribolovlev mashhur rassomlar mo‘yqalamiga mansub qimmatbaho kartinalarni yig‘adi – aynan mana shu qiziqishi uning hibsga olinishiga sabab bo‘ldi.

Nima uchun?

2017 yil sentabrda Monakoda adliya vaziri Filipp Narmino iste'foga chiqadi. Tez orada u vaqtinchalik hibsga olinadi. Sababi - Le Monde gazetasida u Ribolovlevdan sovg‘alar olgani va uning Shveytsariyadagi qarorgohida mehmon bo‘lgani yozilgandi.

Gazetaning taxmin qilishicha, rossiyalik milliarder Narmino orqali shveysariyalik art-diler va tadbirkor Iv Buve bilan bog‘liq sud ishiga ta'sir ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Ribolovlevning ta'kidlashicha, Buve unga sotilgan 37ta kartinaning narxini asossiz ravishda oshirgan. Shveytsariyalik tadbirkor esa uni Monako adliya vazirligi bilan til biriktirganlikda aybladi.

2017 yil oktabrda Ribolovlev shaxsiy hayotga daxl qilishda aybladi. Unga qarshi Bolgariya fuqarosi Tanya Rappo da'vo bilan chiqdi. U Ribolovlevning advokati Tatyanya Bershedaga kartinalar narxi sezilarli ravishda oshirilganini aytgan. Bersheda uning so‘zlarini mobil telefoniga yozib olgan va milliarderga yetkazgan.

Ribolovlev hibsda saqlanmoqdami?

France-Presse agentligining xabar berishicha, Monako adliya vazirligi Dmitriy Ribolovlevga korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qilindi va u yuridik nazorat ostidagi ozodlikka chiqarildi.

Nice-Matin gazetasining yozishicha, shuningdek, avvalroq korrupsiyada ayblangan sobiq adliya vaziri Filipp Narminoning xotini Kristin va o‘g‘li Antuan va Ribolovlevning advokati Tatyana Bershedaga nisbatan ham ayblovlar e'lon qilingan. Ularning barchasi ozodlikda, lekin yuridik nazorat ostida bo‘lishadi.

Mavzuga oid