Niderlandiyalik pensioner “yoshroq bo‘lish” uchun yoshini sud orqali o‘zgartirmoqchi
Niderlandiyalik pensioner Emil Ratelband sudga noodatiy iltimos bilan murojaat qildi: u pasportda yoshini o‘zgartirmoqchi. 69 yoshli qariya shu tariqa “Tinder” tanishuvlar dasturida “yoshroq bo‘lish”ni istamoqda.
Ta'kidlanishicha, erkak tug‘ilgan sanasini 1949 yil 11 martdan 1969 yil 11 martga o‘zgartirmoqchi.
Ratelband o‘z arizasida hozirgi yoshi sababli ishga kirishda va tanishuvlar sayti orqali munosabatlar o‘rnatishda qiynalayotganini ko‘rsatgan.
“Men “Tinder”da yoshimni 69 qilib ko‘rsatsam, hech kim menga javob bermayapti. Agar yoshimni 49 qilib ko‘rsatsam, unda mening ko‘rsatkichlarim bilan ancha imtiyozga ega bo‘laman”, deb aytgan erkak.
U jurnalistlar bilan suhbatda yaxshi jismoniy holatda ekanligini aytgan. Erkak yoshini o‘zgartirish uchun pensiyasidan ham voz kechishga tayyorligini bildirgan.
Ta'kidlanishicha, Arnem shahri sudi ushbu ish bo‘yicha qarorni bir oy ichida chiqarishi kerak.
Mavzuga oid
20:41 / 08.10.2024
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
11:20 / 07.10.2024
Niderlandiya mudofaa vaziri F-16 dastlabki partiyasini Kiyevga topshirdi
23:26 / 01.10.2024
Niderlandiya o‘z flotini to‘rtta suvosti kemasi bilan to‘ldiradi
18:35 / 01.10.2024