Yo‘llarga sun'iy to‘siqlar o‘rnatish tartibini takomillashtirish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yo‘llarga qo‘yilgan sun'iy to‘siqlarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, hozirda barcha tuman va shaharlarda yo‘llar tekislanib, asfaltlanmoqda. Ammo ayrim shaxslar o‘z uylari yonida avtomobil tezligini sun'iy pasaytirish maqsadida ravon yo‘llar ustiga sun'iy to‘siqlar (“lejachiy politseyskiy”) o‘rnatishmoqda.
“Ularni ham tushunaman, bolalari xavfsizligini o‘ylashgan. Insof yuzasidan, faqat avtomobil tezligiga xalaqit beruvchi qilib o‘rnatishsa mayli edi. Ammo ayrim insonlar shunday to‘siq qo‘yadiki, hatto velosipedchilar, piyodalar harakatlanishida ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Kunduzi-ku mayli, bir amallab bu to‘siqlarni chetlab o‘tsa bo‘lar, ammo tunda bu to‘siqni aylanib o‘tish imkonsiz. Velosipedchi bu to‘siqqa urilganida, albatta, zararlanadi. Piyoda ham qoqilib, yiqilib biror yerini jiddiy shikastlashi mumkin”, - deb yozadi murojaat muallifi.
“Avtomobillar harakat tezligini cheklovchi belgilar o‘rnatish va o‘zboshimchalik bilan yo‘l ustiga joylashtirilgan sun'iy to‘siqlar (“lejachiy politseyskiy”) qo‘yish tartibini takomillashtirish kerak”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
15:07 / 10.04.2024