Tramp Boltiqbo‘yi davlatlarini Yugoslaviyaning parchalanishida ayblagani ma'lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp Boltiqbo‘yi davlatlari – Litva, Latviya va Estoniyani 1990-yillar boshida Yugoslaviyaning parchalanishiga olib kelgan urushni boshlaganlikda ayblagan.
Le Monde nashrining yozishicha, Tramp Litva prezidenti Dalya Gribauskayte, Latviya prezidenti Raymond Veyonis va Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd bilan aprel boshida uchrashganda shunday xatolikka yo‘l qo‘ygan. Boltiqbo‘yi davlatlari rahbarlari Tramp ularni nimada ayblayotganini darhol anglashmagan. Ular AQSh prezidenti Boltiqbo‘yi davlatlarini Bolqon davlatlari bilan adashtirib qo‘yganini fahmlashlariga ma'lum vaqt talab qilingan.
Nashrning ta'kidlashicha, Trampning bu xatosi uning rafiqasi Melaniya Yugoslaviyaning bir qismi bo‘lgan Sloveniyadan ekanligini hisobga olsa, yanada ajablanarli tuyuladi.
Mavzuga oid
10:10
O‘zbekiston Boltiqbo‘yi davlatlariga poliz mahsulotlari eksportini kengaytiradi
12:46 / 18.07.2024
Boltiqbo‘yi davlatlari Belarus raqamlari bo‘lgan avtomobillar kirishini taqiqladi
10:22 / 27.06.2024
Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurmoqchi
15:00 / 29.04.2024