O‘zbekiston | 16:24 / 12.11.2018
23528
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qozog‘iston unining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Foto: 123RF

O‘zbekiston Qozog‘iston unining eng yirik xaridorlaridan biriga aylandi. Bundan Energyprom.kz ma'lumotlari darak bermoqda.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida Qozog‘iston tegirmonchilari 3,05 mln tonna mahsulot ishlab chiqarishdi. Talab 99,9 foizga qoplandi (import 0,1 foizdan oshmagan). Barcha un resurslarining 55,8%i eksportga to‘g‘ri keldi (ishlab chiqarish + import) - 1,4 mln tonna un, bir yil avvalgidan 4,1%ga ko‘p. Resurslarning 44,2 foizi - 1,1 mln tonna, ichki bozorlarda sotilishga qolgan, bu o‘tgan yilning yanvar-avgustiga nisbatan 4,4%ga ko‘pdir.

2007 yilda Qozog‘iston unni eksport qilish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi va bu pozitsiyani 2010 yilgacha o‘zida saqlab qoldi. Keyinchalik bir qator sabablar, jumladan, qo‘shni mamlakatlar tomonidan o‘z bozorlarini faol himoya qilinishi va Qozog‘iston mahsulotini tashishdagi qiyinchiliklar tufayli yetakchilik yo‘qotildi.

2018 yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston unining asosiy importchisi Afg‘oniston bo‘ldi - 854,94 ming tonna. Biroq, bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 6,3%ga kam, sababi avvalroq O‘zbekiston Qozog‘istonni ushbu bozordan chiqarib yuborayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ammo, O‘zbekistonning o‘zi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi - segmentda Qozog‘iston unining umumiy eksportidan 32,5%, 464,56 ming tonna. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25,2%ga ko‘p. 

Mavzuga oid