Foto: «Andijon»ning Superligaga qaytishi muxlislar uchun bayramga aylandi
Pro-liga musobaqalarining «A» guruhidagi 35-tur uchrashuvini «Andijon» klubi muxlislari o‘zgacha ruhda kutishdi.
Chunki, 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bahsda «Andijon» «Istiqlol»dan ustun kelsa, so‘nggi turda qanday natija qayd etishidan qat'i nazar, 1-o‘rinni egallashi aniq edi. Guruhda 2-pog‘onada borayotgan «Mash'al» esa «Andijon»dan 3 ochko ortda bo‘lib, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, muborakliklar so‘nggi turdan keyin «Andijon»dan oldinga o‘tib keta olmasdi.
«Barkamol avlod» stadioniga kelgan ko‘p sonli muxlislar o‘z jamoasidan faqat g‘alaba kutishardi.
«Andijon» klubi birinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlagan bo‘lsada, 43-daqiqada mehmonlar Javohir Rasulovning golidan so‘ng oldinga chiqib olishdi. Tanaffusdan so‘ng o‘yin tizgini mezbonlar tomonga o‘tdi. «Andijon» klubidan Nodir Mavlonov (48), Shahboz Jumaboyev (56, penalti) bittadan gol urib, o‘z jamoasini Superligaga olib chiqishdi.
O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov klub a'zolarining har biriga 10 million so‘mdan mukofot puli, bosh murabbiy Ildar Sakayev va Shahboz Jumaboyevga esa avtomashina kalitini topshirdi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024