O‘zbekiston | 17:33 / 13.11.2018
21263
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2018 yil boshidan beri Rossiyaga borgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha yetakchiga aylandi

Foto: Ivan Sekretarev / AP

2018 yil yanvaridan sentabr oyiga qadar Rossiyaga O‘zbekistonning 3 million 400 mingdan ziyod fuqarosi kirib keldi, shu jumladan, 1 573 791 kishi - mehnat faoliyati uchun. Bu haqda «Parlamentskaya gazeta» «Rossiya migrantlar federatsiyasi» ma'lumotlariga asosan yozmoqda.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston, u yerdan Rossiyaga 1 745 554 kishi, shundan 790 116 kishi ishlash maqsadida bordi.

Uchinchi o‘rinni Ukraina egalladi (Rossiyaga ishlash maqsadida 347 272 kishi borgan), to‘rtinchi o‘rindan Qirg‘iziston (247 658 kishi) joy oldi.

Xorijiy fuqarolar aksariyat hollarda Moskvaga ishlash uchun borishadi, bu yerda yil boshidan buyon 1 249 664 mehnat migrantlari ro‘yxatga olindi. Shuningdek, yetakchilar orasida Sankt-Peterburg va Leningrad oblasti (718 567 kishi), Moskva oblasti - 343 508 kishi, Sverdlovsk oblasti bor - 100 485 kishi.

Mavzuga oid