Jahon | 09:54 / 14.11.2018
10546
1 daqiqa o‘qiladi

MRB terrorchilarga qarshi «haqiqat zardobini» qo‘llashga harakat qilgan - OAV

Foto: REUTERS

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 2001 yil 11 sentabr teraktlari ortidan terrorchilarga qarshi «haqiqat zardobi» qo‘llash imkoniyatini ishlab chiqqan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Amerika fuqarolik huquqlari himoyasi ittifoqi tomonidan e'lon qilingan tegishli hisobotda bu boradagi ishlanmalar bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi.

Hisobotda aytilishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi mos keluvchi vositani topish uchun keng miqyosli tajribalar o‘tkazgan. Uning yordamida terrorchilar ma'lumotni oshkor qilishi osonroq bo‘lardi.

Aniqlik kiritilishicha, boshqarma shunday xulosaga kelganki, bunda eng yaxshi ta'sirni midazolam preparati ko‘rsatgan. U asosiy effektidan tashqari, yengil amneziyaga sabab bo‘lgan, bu esa mahkama tomonidan kerakli qo‘shimcha, deb topilgan.

Preparatdan foydalanish uchun AQSh Adliya vazirligidan ruxsat olish kerak edi, ammo u talab qilinmagan va 2003 yilda tadqiqot to‘xtatilgan.

Mavzuga oid