O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni oshirdi, neft qazib olishni qisqartirdi
2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 6,2% ga oshirdi - 966,8 ming tonnagacha. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Hisobot davrida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 900,1 ming tonnani tashkil qildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 10,6% ga ko‘pdir.
Shu bilan birga, 2018 yil yanvar-oktabrda O‘zbekiston neft qazib olishni 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 9,2 foizga qisqartirdi - 624,3 ming tonnagacha.
2018 yil yanvar-oktabr oylarida tabiiy gaz qazib olish hajmi qariyb 49,46 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘p.
2018 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 1,74 million tonnadan ortiq gaz kondensati oldi, bu 2017 yilning tegishli davriga nisbatan 10,5 foizga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida qancha yengil avtomobil ishlab chiqargani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024