Isroil bosh vaziri mudofaa vaziri lavozimini ham bajarishga kirishdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘z lavozimini saqlab qolgan holda mudofaa vaziri lavozimini ham bajarishga kirishdi. Bu haqda Times of Israel nashri ma'lum qildi.
14 noyabrda Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Isroil G‘azo sektorida XAMAS bilan yarashuvga rozi bo‘lgani sababli iste'foga ketishga qaror qilgandi.
Netanyaxuning aytishicha, davlat ayni vaqtda xavfsizlik borasida eng murakkab davrlardan birini boshdan kechirmoqda va shu sababli hukumatga ko‘plab tanqidlar bildirilmoqda. “Mamlakat xavfsizligi siyosat va shaxsiy manfaatlardan ustunroqdir”, deb aytgan bosh vazir.
Endi Netanyaxu 4 ta vazirlikni boshqarmoqda: mudofaa, tashqi ishlar, sog‘liqni saqlash, repatriatsiya va integratsiya vazirliklari.
Mavzuga oid
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024