Odil Ahmedov: Qatar xotiralari, legionerlik mashaqqatlari, Babayan va boshqa murabbiylar hamda hozirgi terma jamoa haqida
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ta'tilini o‘tkazayotgan milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov «Kun.uz» mehmoni bo‘ldi. Muxbir u bilan futboldagi yo‘li, o‘zbek futboli va terma jamoadagi ruhiyat to‘g‘risida suhbat qurdi.
Odil Ahmedov 1987 yil 25 noyabrda Namanganda tug‘ilgan, futbolchilik faoliyatining ilk yillarida «Navbahor», «Traktor», «Paxtakor» yoshlar klublarida to‘p tepgan. Professional faoliyatini «Paxtakor», «Anji» (Maxachqal'a) va «Krasnodar» kabi futbol klublarida davom ettirgan. 2016 yil so‘ngida Xitoyning «Shanxay SIPG» klubiga borib qo‘shilgan. U Xitoy chempionatida 2018 yilgi mavsumda o‘z klubi bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Video: Tas-IX
Video: Youtube.com
— Faoliyatingiz davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida bir necha bosh murabbiy bilan hamkorlik qilgansiz. Ektor Kuper va ular olib borgan ish o‘rtasida qanday farqlar seziladi?
— Albatta, har bir murabbiyning o‘z ish uslubi bor. Kimdir hujum qilishni yoqtiradi, kimdir himoyani ma'qul ko‘radi. Yana biri esa mutlaqo boshqa taktika tarafdori. 2007 yildagi debyut o‘yinimni Rauf Talgatovich Inileyev qo‘l ostida boshlaganman. Undan keyin ko‘plab bosh murabbiylar almashdi. Ularning alohida birini ajratib ko‘rsata olmayman, barchasidan ozmi-ko‘pmi tajriba olganman. Hozirgi murabbiyimizning ish uslubi esa ko‘proq himoyaviy o‘yinga ixtisoslashgan.
— Milliy terma jamoa tarkibida Qatarga kechgan so‘nggi o‘yinda bosh bilan gol urdingiz. Bu shaxsiy tashabbusingizmidi yoki murabbiyning ko‘rsatmasi?
— O‘yinning ikkinchi bo‘limi edi, oldinga o‘tishimiz, muxlislar uchun esa g‘alaba kerak edi. Shu vaziyatda hujum rivojlanib borayotgan vaziyatda qanotdan to‘p uzatilishini sezib oldinga o‘tgandim. Qulay va omadli nuqtada turganim uchun bosh bilan gol urdim.
— Shu golda hujumda foydali ekaningiz ko‘rindi. Hozirda yaxshi yosh tayanch yarimhimoyachilar paydo bo‘lmoqda. Masalan, Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov. Endi «qora ishlar»ni yoshlarga qoldirib, hujumga yaqinroq o‘ynash haqida o‘ylamayapsizmi? Murabbiylar shtabi sizni hujum chizig‘ida o‘ynatish g‘oyasiga qanday qaraydi?
— Bunday qarorlarga kelishda murabbiyning o‘z qarashi bor. Misol uchun kimnidir yarim himoyada, kimnidir esa hujum ortida foydali deb biladi. Men ba'zi o‘yinlarda hujum ortida o‘ynadim, ba'zilarida esa tayanch yarim himoyachisi bo‘lib o‘ynadim. Qaysi pozitsiyada o‘ynashidan qat'i nazar, asosiysi, futbolchi jamoasiga foyda keltirsa bas. Shu sababli men ham u yoki bu pozitsiyada o‘ynayman, demaganman.
Suhbat davomida Odil Ahmedov Xitoy chempionati, futbolchi ruhiyati va mahorati, fentezi jamoasi va o‘zining kibersport o‘yinlaridagi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Mavzuga oid
11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi
23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi
19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
19:01 / 18.12.2021