Sport | 12:23 / 21.11.2018
9444
2 daqiqa o‘qiladi

«PSJ»ning «Liverpul» bilan o‘yini arafasida Neymar va Mbappe jarohat oldi

«PSJ» hujumchilari – Neymar va Kilian Mbappe FIFA kunlarining so‘ngida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida jarohat olishdi.

Fransiya termasi a'zosi Mbappe kecha Urugvayga qarshi kechgan bahsning birinchi bo‘limi o‘rtalarida raqib darvozaboni bilan to‘qnashuvdan so‘ng noqulay tarzda yiqildi va o‘ng yelkasidan shikastlandi. 35-daqiqada u zaxiraga olinib, o‘rniga Florian Toven maydonga tushirildi. Parijdagi uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakun topdi.

Foto: AFP/Getty Images

Shu kuni Braziliya terma jamoasi safida Kamerunga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan Neymar 8-daqiqadayoq o‘yinni yakunlashga majbur bo‘ldi. U to‘pga zarba bergach, o‘ng oyog‘ida mushak spazmini sezgach, o‘yinni davom ettira olmadi. Neymarning o‘rniga maydonga tushgan Risharlison bo‘lim so‘nggida gol kiritib, jamoa g‘alabasini ta'minladi.

Foto: AFP/Getty Images

Ushbu jarohatlar «PSJ»ning YeChL doirasidagi «Liverpul»ga qarshi muhim o‘yiniga bir hafta qolganida ro‘y berdi. Parijda bo‘lib o‘tadigan 5-tur o‘yini 28 noyabrga belgilangan. Hozir guruhdagi vaziyat quyidagicha..

Mavzuga oid