O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,2 tonna kumush sotib oldi
2018 yil yanvar-sentabr oylarida Qozog‘iston 339,5 million dollarlik 2,4 ming tonna kumushni eksport qildi. Bu haqda LS xabar bermoqda.
Qimmatbaho metallni yetkazib berish 3,2 barobarga oshdi, sotuvdan olingan mablag‘ esa 16 foizga kamaydi.
Asosiy ulush Buyuk Britaniyaga sotildi. Qozog‘iston ushbu mamlakatga qariyb 2,3 ming tonnani 243,7 million dollarga yetkazib berdi.
Bundan tashqari, Hindistonga 51,5 million dollarlik 99,9 tonna kumush, Germaniyaga 42,7 million dollarlik 84,1 tonna, O‘zbekistonga esa 1,6 mln dollarlik 3,2 tonna kumush sotildi.
Shuningdek, to‘qqiz oyda Qozog‘iston deyarli 3,4 million dollarlik 1,8 tonna oltin sotdi. Qirg‘iziston deyarli barcha partiyani qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayrim ma'lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024