O‘zbekiston | 08:06 / 22.11.2018
10361
1 daqiqa o‘qiladi

Axborot texnologiyalari vazirligi huzuridagi inspeksiya va markaz tugatildi

Foto: Axborot texnologiyalari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining: 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyani; 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko‘maklashish markazini tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi. 

Mavzuga oid