Erib borayotgan Antarktida ostida sirli hudud aniqlandi
Xalqaro olimlar guruhining aniqlashicha, Sharqiy Antarktida ostida geotermal energiya manbasi bor, u muz qatlami erishiga hissa qo‘shishi mumkin. Issiqlik kelishining sababi hozircha noma'lum. Bu haqida Science Alert nashri xabar bermoqda.
Uch kilometrlik muz qatlami ostida kechayotgan jarayonlarni aniqlashga imkon bergan radiolokatsion zondlash natijalarining ko‘rsatishicha, bu yerdagi muz pastdan tepaga qarab erimoqda, erigan suv muz ostidagi ko‘llarga borib tushmoqda. Erish jarayoni minglab yoki millionlab yillar mobaynida davom etishi mumkin, u muz qatlami yo‘qolishiga ta'sir qilmaydi. Biroq, kelajakda bu jarayon mintaqani global isish ta'sirlariga nisbatan sezgirroq qilishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, issiqlik manbalari radioaktiv jinslar va yer qobig‘i tubidan chiqayotgan issiq suv hisoblanadi. Ammo, bu hodisa aniq sababini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antarktidada tushunarsiz hodisa kuzatilgandi.
Mavzuga oid
21:39 / 17.09.2024
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
00:43 / 13.09.2024
Alyaskada kruiz kemasi ulkan muz bo‘lagi bilan to‘qnashib ketdi
21:51 / 24.08.2024
Olimlar «Qiyomat muzligi» erishining falokatli tahdidini rad etdi
13:56 / 16.03.2024