Farrosh ayol shahodatnomasidagi raqamni o‘zgartirgani uchun 10 yillik qamoq jazosiga tortildi
Gretsiyaning Larisa shahri sudi maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi ayolni firibgarlik uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Ayol ta'lim haqidagi shahodatnomasidagi 5 raqamini 6 qilib o‘zgartirganlikda, ya'ni 5-sinfni bitirgani o‘rniga 6-sinfni bitirgan qilib ko‘rsatganlikda ayblangan.
Taxydromos nashrining ma'lum qilishicha, ayol 1996 yilda maktab farroshi lavozimiga tanlovda ishtirok etgan. Ayol tanlovda ishtirok etish uchun shahodatnomasiga yana bir yil qo‘shib qo‘ygan.
Sud hukmi grek jamiyatida norozilik uyg‘otgan. 53 yoshli ayolning ozod etilishini mahalliy kasaba va ayollar uyushmalari talab qilmoqda. Ta'kidlanishicha, ayol farzandlari va nogiron erini boqish uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:20 / 14.09.2024
Ishchi kuchi kamaydi: Gretsiya demografik falokatga yuz tutmoqda
00:16 / 04.09.2024
Gretsiyada bundan 45 yil oldin cho‘kib ketgan qishloq qurg‘oqchilik sabab yana paydo bo‘ldi
18:32 / 29.08.2024
Gretsiyada mashhur sayyohlik porti yuz minglab o‘lik baliqlar bilan to‘ldi
07:37 / 12.08.2024