O‘zbekiston | 17:59 / 23.11.2018
32168
1 daqiqa o‘qiladi

IIV ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik nomidan tarqatilgan e'longa munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Barcha fuqarolar diqqatiga! Shoshilinch xabar! Ichki ishlar vazirligi quyidagi bayonotni e'lon qiladi”, deya boshlanuvchi e'lon tarqaldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu e'lon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmagan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda soxta e'lon tarqatish bilan shug‘ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta ma'lumotlarga ishonmang. Aniq va to‘g‘ri ma'lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid