O‘zbekiston | 14:00 / 26.11.2018
110196
7 daqiqa o‘qiladi

2019 yildan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qator imtiyozlar belgilanishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bildirilgan takliflarga rozilik berilishi hamda 2019 yildan boshlab ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida quyidagi imtiyozlar belgilanishi mumkin:

a) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga, ushbu fandan belgilangan maksimal ball berish va ularni shu fan bo‘yicha test sinovidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan) ozod etish:

Ingliz tili uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, International English Learning Testing System (IELTS 5.5) V2 va undan yuqori, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72) V2 va undan yuqori, Cambridge Assessment English FCE, B2 va undan yuqori;

Nemis tili uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Goethe-Zertifikat V2 va undan yuqori, Deutsches Sprachdiplom (DSD) V2 va undan yuqori, Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) V2 va undan yuqori;

Fransuz tili uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Diplome d'yetudes en langue Fransaise (DELF) V2 va undan yuqori, Test de connaissance du français (TCF) V2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori yoki Xalqaro sertifikat V2 va undan yuqori.

b) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani (birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida) kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan Milliy sertifikat yoki Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga, ushbu fandan belgilangan maksimal ball berish va ularni shu fan bo‘yicha test sinovidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan) ozod etish:

Ingliz tili uchun Milliy sertifikat V1 va undan yuqori, International English Learning Testing System (IELTS 4.5) V1 va undan yuqori, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42) V1 va undan yuqori, Cambridge Assessment English PET, B1 va undan yuqori;

Nemis tili uchun Milliy sertifikat V1 va undan yuqori, Goethe-Zertifikat V1 va undan yuqori, Deutsches Sprachdiplom (DSD) V1 va undan yuqori;

Fransuz tili uchun Milliy sertifikat V1 va undan yuqori, Diplome d'yetudes en langue Fransaise (DELF) V1 va undan yuqori, Test de connaissance du français (TCF) V1 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun Milliy sertifikat V1 va undan yuqori yoki Xalqaro sertifikat V1 va undan yuqori.

v) Kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan Milliy sertifikat yoki Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga, ushbu fandan belgilangan maksimal ball berish va ularni shu fan bo‘yicha kirish imtihonidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan) ozod etish:

Ingliz tili uchun Milliy sertifikat S1, International English Learning Testing System (IELTS 7.0) S1 va undan yuqori, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 95) S1 va undan yuqori, Cambridge Assessment English CAE, S1 va undan yuqori;

Nemis tili uchun Milliy sertifikat S1, Goethe-Zertifikat S1 va undan yuqori, Deutsches Sprachdiplom (DSD) S1 va undan yuqori, Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) S1 va undan yuqori;

Fransuz tili uchun Milliy sertifikat S1, Diplome d'yetudes en langue Fransaise (DELF) S1 va undan yuqori, Test de connaissance du français (TCF) S1 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun Milliy sertifikat S1 yoki Xalqaro sertifikat (S1) va undan yuqori.

g) kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani (birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida) kiritilgan boshqa magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan Milliy sertifikat yoki Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga, ushbu fandan belgilangan maksimal ball berish va ularni shu fan bo‘yicha kirish imtihonidan (kasbiy (ijodiy) imtihondan)ozod etish:

Ingliz tili uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, International English Learning Testing System (IELTS 5.5) V2 va undan yuqori, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72) V2 va undan yuqori, Cambridge Assessment English FCE, B2 va undan yuqori;

Nemis tili uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Goethe-Zertifikat V2 va undan yuqori, Deutsches Sprachdiplom (DSD) V2 va undan yuqori, Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) V2 va undan yuqori;

Fransuz tili uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori, Diplome d'yetudes en langue Fransaise (DELF) V2 va undan yuqori, Test de connaissance du français (TCF) V2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun Milliy sertifikat V2 va undan yuqori yoki Xalqaro sertifikat V2 va undan yuqori.

2019 yilga qadar olingan Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatlarning imtiyozi amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

Mavzuga oid