InSight qurilmasi Marsdan selfi jo‘natdi
26 noyabrda Marsga qo‘ngan InSight tadqiqot qurilmasi Qizil sayyoradan ikkinchi suratni yubordi. Bu haqda NASA axborot agentligi ma'lum qildi.
“InSight qurilmasining qo‘lidagi kamera qurilma Qizil sayyoraga qo‘ngan kunidayoq Mars sirtining suratini oldi”, deyilgan xabarda.
NASA’ning ma'lum qilishicha, surat Yerga hozirda Mars atrofida orbita bo‘yicha harakatlanayotgan Odyssey qurilmasi yordamida yuborilgan.
Avvalroq qurilma Marsga qo‘nishi bilan u yerdan ilk suratni jo‘natgandi. Biroq surat qurilmaning changlangan oynasi sababli uncha sifatli chiqmagan.
Avtomatik boshqariluvchi InSight qurilmasi Mars tomon 5 may kuni uchirilgan va uzoq davom etgan parvozdan keyin 26 noyabrda Qizil sayyoraga qo‘ndi. Qurilma 2 yil davomida sayyoraning ichki tuzilishi va tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024