Jahon | 10:33 / 28.11.2018
52723
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva metrosida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

27 noyabr kuni Moskva metrosining «Yugo-Zapadnaya» bekatida yo‘lovchi relslarga tushib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda IIBning Moskva metropolitenidagi matbuot xizmati xabar qilgan.

«Taxminan soat 16:45lar atrofida «Yugo-Zapadnaya» metro bekatida yo‘lovchi ishtirokida fojia yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasining 25 yoshli fuqarosi kirib kelayotgan elektropoyezd ostiga tushib ketdi», - dedi IIB matbuot kotibi Aleksey Mishlyayev.

Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari jabrlanuvchi halok bo‘lganini aniqlashdi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari guvohlarni so‘roq qilishgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Metropoliten Twitter’da «Yugo-Zapadnaya» bekatida yo‘lovchi bilan fojia yuz berganini xabar qildi. Shuning uchun Sokolnicheskaya yo‘nalishi janubiy uchastkasida poyezdlar harakati intervali oshirildi, «Yugo-Zapadnaya», «Rumyantsevo», «Salarevo» va «Prospekt Vernadskogo» bekatlari esa vaqtincha yopildi. Keyinchalik bekatlar normal ish rejimini tikladi.

Mishlyayevning aniqlik kiritishicha, bekatlar «eskalator va platformada odamlar to‘planmasligi maqsadida» yopilgan.

Mavzuga oid