Light | 01:31 / 28.11.2018
13254
3 daqiqa o‘qiladi

Solsberida nimani tomosha qilish mumkin?

Angliyaning yuragidagi bu shaharchani bir kun davomida aylanib chiqish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. U yaqin paytlargacha mashhur emasdi. Biroq ayrim hodisalar sabab sayyohlarni o‘ziga jalb eta boshladi. Solsberiga borganda nimani tomosha qilish kerak?

Old Sarum

Old Sarum yoki Eski Sarum  - Solsberidan biroz  shimolda joylashgan g‘aroyib tarixiy joy. Bu qadimiy maskanni tarixchilar neolit davri – taxminan eramizdan avvalgi 3 ming yillikka tegishli, deb hisoblashadi. Dastlab aylana shaklidagi yog‘och qo‘rg‘on barpo etilgan. Keyinchalik esa tosh qasr va ibodatxona qurilgan. Suv manbalarining tugashi inshootni yashash uchun qulay joyga ko‘chirishga majbur qilgan. Afsonalarga ko‘ra, o‘q otilgan, u kelib tushgan joy, hozirgi Solsberi ibodatxonasini qurish joyi sifatida belgilangan. Eski Sarumda yashovchilar keltlar, rimliklar, vikinglar, Angliyaning bo‘lajak qiroli Vilgelm Iste'lochining otryadlari edi. Old Sarum’ning qadimiy inshootlaridan faqat kichik xarobalar qolgan. Biroq atrofdagi botiqlar a'lo darajada saqlangan.

Solsberi ibodatxonasi

Solsberining muhim obidalaridan biri o‘rta asrlarda barpo etilgan gotik ibodatxonadir. O‘rta asrlarda eng baland inshootga aylangan ibodatxonaning nayzasi shaharning istalgan qismidan ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, bino – ingliz gotikasining arxitektura namunasi bo‘lib, unda 1386 yilda o‘rnatilgan va bugungi kunga qadar ishlaydigan soat bor. Yana bir muhim faktlardan biri shuki, uning ichidagi kutubxonada (1445 y.) qirol hukumatini cheklagan “Ozodlik xartiyasi”ning to‘rt nusxasidan biri saqlanadi.

Ibodatxonaga kirish

Solsberi ibodatxonasiga qadimiy darvoza orqali o‘tiladi. Uning go‘zalligi o‘ta tajribali sayyohlarni ham bee'tibor qoldirmaydi.

Tarixiy muzey

Muzeyning u qadar katta bo‘lmagan maydonida Stounxenj rayonida arxeologlar tomonidan topilgan tarixiy buyumlar saqlanadi. Ko‘rgazmaning bir qismi rim davriga tegishli. Soni to‘rt ming donaga yaqin bo‘lgan rasmlar to‘plami ham bor.

Ser Mompessonning uyi

Qadimiy idish-tovoq, klassik uy jihozlarini ko‘rish uchun Solsberidan deputat bo‘lgan  Ser Mompessonning uyiga tashrif buyurish mumkin. U 1600-yillarda qurilgan deya taxmin qilinadi.

Shahar bozori

Solsberi bo‘ylab sayohatni shahar bozoriga tashrif bilan yakunlash mumkin. U ochiq osmon ostida joylashgan va ko‘plab restoran hamda savdo peshtaxtalaridan taralayotgan yoqimli hidi bilan kishini o‘ziga jalb etadi.

Mavzuga oid